Iltimos, chatda meta savollar bermang!

Siz
Salom 12:32:12
Suhbatdoshingiz
Salom 12:32:15
… siz savolingizni yozib bo'lishingizni kutib turishga majbur …
Siz
Hozirda bir loyiha ustida ishlayotgandim. Menda savol bor edi… 12:34:01
Suhbatdoshingiz
Ha, bu muammo bunday hal qilinadi… 12:35:21

Bu huddi kimgadir telefon qilib "Salom!" deb keyin uni kutish rejimiga 😐 o'tkazib qo'ygandek holatga o'xshaydi.

Undan ko'ra mana bu usul qulayroq:

Siz
Salom. Hozirda bir loyiha ustida ishlayotgandim. Menda savol bor edi… 12:32:12
Suhbatdoshingiz
Salom. Ha, bu muammo bunday hal qilinadi… 12:33:32

E'tibor bergan bo'lsangiz, siz savolingizga tezda javob olishdan tashqari suhbatdoshingizni kuttirib ham qo'ymaysiz, chunki u xabarni o'qiboq savolni javobini izlashga tushadi.

Odamlar odatda yuzma-yuz ko'rishganda muammo haqida gapirishdan avval xushmuomala bo'lishga, hol-ahvol so'rashga odatlanishgan. Lekin chatlar - bu umuman boshqa holat. Odamlar yozishga gapirishdan ko'ra ko'proq vaqt sarflashadi. Siz unga xushmuomalalik bilan murojaat qilishni maqsad qilganingiz bilan, aslida ularning vaqtini olasiz va ish samaradorligini pasayishiga sababchi bo'lasiz.

Bundan tashqari yuqoridagi holatlar: "Assalomu alaykumlar!", "Salom. Shu yerdamisiz?", "Salom! Savol bor edi", "Aka vaqtingiz bormidi?", "Alo yordamingiz kerak edi" kabi jumlalarga ham taaluqli. Shunchaki ushbu xabarlarga qo'shib, savolingizni ham yuboring, bo'ldi! 👌🏻

Agar siz shunchaki "Salom" deyishni va darhol savol berishni ma'qul deb hisoblasangiz, bunday uslubdan foydalanishingiz mumkin:

Siz
Salom. Hozirda bir loyiha ustida ishlayotgandim. Agar band bo'lmasangiz savolim bor edi... 12:32:12

Bundan tashqari, siz darhol savol berganda, asinxron 🔛 aloqa uchun imkoniyat ochiladi. Agar boshqa odam topilmasa va siz u qaytib kelguncha ketayotgan bo'lsangiz, u sizning "Salom" ga qarash va nima bo'lganiga hayron bo'lish o'rniga, savolingizni o'qib javob berishi mumkin.


Agar kimningdir statusida ushbu saytga ishorani ko'rsangiz, xulosa qilishingiz mumkinki odatda u inson shunchaki "salom" deb yozilgan, yoki yuqoridagi sanab o'tilgan holatlardagidek, odamni vaqtini oladigan xabarlar bilan boshlangan chatlarni e'tiborsiz qoldiradi.

Telegramda yuborish:

Ushbu sahifaga ishora: https://nometa.uz

Hammasi bitta rasmda: https://nometa.uz/img/bad-good.png